Stiv Jobs

motivation-foto

Steve Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tugʻilgan.

Uning yoshlik va oʻsmirlik yillari shu yerda oʻtgan.

Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar boʻlgani va oila qurmagani uchun goʻdakni boqib olish uchun berib yuborishadi.

Pol va Klara Jobslar esa uni boqib oladi.

Bolaning asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy, Suriyalik musulmon, asl onasi Joanna Simpson esa amerikalik. Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Simpson esa tilshunoslik sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Steve Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Steve Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi.

2003-yil Steve Jobsning oshqozonosti bezida rak paydo boʻladi. Davolanganidan keyin avvaliga oʻzini ancha yaxshi his qiladi, lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil jigarini transplantatsiya qildiradi. Ammo sogʻligʻi hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Applening bosh direktorli (CEO) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Steve Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi (metastazi) tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi.

1974-yil Steve Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti Steve Wozniak bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Steve Vozniak oʻsha paytda HP (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kalkulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda mantiqiy plata (logic board) yasashadi va uni Apple I deb atashadi. Steve Jobs birinchilardan boʻlib komputerlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa boʻladi degan fikrni olgʻa surgan.

1977-yil ikki doʻst Apple II komputerini yasashadi va unga klaviatura bilan koʻrkam quti qoʻshishadi. Oʻsha yili Steve hamkorlardan mablagʻ toʻplaydi va Apple Computer kompaniyasiga asos soladi. Apple II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Apple bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi koputer kompaniyasi boʻldi. 1983-yil Apple Computer oldin koʻrilmagan tezlik bilan AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari roʻyxati boʻlgan Fortune 500 safiga kiradi.

1983-yil Apple Lisa deb nomlangan, asosan bizneslar uchun moʻljallangan komputerni savdoga chiqaradi. Lisada birinchilardan boʻlib ekranda kursorni boshqaradigan „sichqon“ bor edi. Keyinroq keng ommaga moʻljallangan Macintosh kuchli komputeri chiqadi. Macintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, GUI) texnologiyasidan qoʻllanilgan.

Emailni kiriting va siz bizning obunachimiz bo'lasiz